So‘ramay olish

Assalamu alaykum! Xotin erining cho‘ntagidan so‘ramasdan pul olishi mumkinmi yoki bu gunohmi (pul farzand ehtiyojlari uchun ishlatiladi)? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2
. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Hind bintu Utba: «Ey Allohning Rasuli, Abu Sufyon o‘ta baxil odam, unga bildirmay olganimdan boshqa menga va bolamga kifoya qiladigan hech narsa bermaydi», dedi. «O‘zingga va bolangga etarlisini to‘g‘rilikcha ol», dedilar u zot. Ikki shayx rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchiroqdir. Sharh: Bu rivoyatdan ham bola-chaqaning nafaqasi ularga etarli miqdorda bo‘lishi kerakligi kelib chiqmoqda. Agar er baxillik qilib, oz bersa, xotin undan berkitib olsa ham bo‘lishi bayon qilinmoqda. Bunda faqat o‘z haqqinigina olishi kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan).  Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar