Namoz va ro‘za

Assalomu alaykum! 1. Taqvim bo‘yicha soat 3:37 da bomdod namozi o‘qilishi kerak edi, lekin soat 3:22 da azon aytildi. Men azondan so‘ng namozni boshladim, farzini endi boshlagan paytimda yana qayta azon aytildi. Men davom ettiraverdim va qayta o‘qimadim. Mening birinchi azondan so‘ng o‘qigan namozim durustmi? 2. Saharlik qilib bo‘lib og‘iz yopish duosini o‘qidim, ketidan ko‘plab niyatlar aytib duo qildim, yuzimga fotiha tortmasimdan avval azon aytilib qoldi. Saharlik duosini o‘qib niyat qilib bo‘lganim uchun ro‘zam durust bo‘laveradimi? Qazo bo‘lmaydimi? Yo yuzga fotiha tortish bilan hisobga olinadimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Agar namozning vaqti kirgan bo‘lsa durust, aks holda qayta o‘qilishi kerak.
2). Saharlik vaqti tugashidan oldin eb-ichishni to‘xtatgan bo‘lsangiz ro‘za durust. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar