Sepimdan ham zakot beramanmi?
Assalomu alaykum! Ota-onam to‘yimda ancha narsa qilishgan (tilla, spalniy garnitur, idishlar, ko‘rpa-ko‘rpachalar va pastellar). Shularni miqdori nisobga etsa men xam ishlamasam xam zakot berishim kerakmi? Ishlatmayotgan narsam uchun zakot beramanmi yoki ishlatayotganlarimni xam umumiy hisobga qo‘shamanmi? Zakot bergan odam qurbonlik qilishi kerak deb eshitaganman. Shu xolatimda qurbonlik xam qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda tillangiz nisobga etsa zakotini berasiz. Nisob 85gr. Tilladan boshqa narsalarni uch sidrasini hisobga olmaysiz. Undan boshqalarini hisoblab puli nisobga etsa zakot vojib emas, balki qurbonlik qilish vojib bo‘ladi, chunki qurbonlik bilan zakotning nisobi boshqa-boshqa o‘lchanadi. Zakotning nisobi qurbonlikka kifoya qiladi, lekin qurbonlikka nisob bo‘lgan miqdordan zakot berish vojib bo‘lmaydigan holat ham bo‘ladi. Masalan bir kishini sotish uchun emas, lekin farzandlari uchun olib qo‘ygan oshiqcha uyi bo‘lsa u uy sotish maqsadida bo‘lmagani uchun zakotga qo‘shmaydi, ammo qurbonlik nisobiga qo‘shiladi. Siz aytgan holatda ham uch sidra kiyimdan tashqari kiyimlar, ishlatilmaydigan suvenir buyumlar va hatto televizorni ham hojati asliyadan tashqari deb hisoblab, nisobga etsa zimmangizga qurbonlik vojib bo‘ladi deyilgan. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 165 | Zakot