Biror buyumni qo‘shnidan so‘rab keyin qaytarmaslik

Assalomu alaykum! Bir qo‘shnim har safar biror buyum so‘rab ishlatib oladida, so‘ng qaytarib olib chiqib bermaydi. Olgan narsasini qaytarishini so‘rab murojaat qilganimizdan so‘ng ham paysalga soladi. Ba’zida o‘zimni kamsitilgandek hisoblab qolaman. Yana biror narsa so‘rasa bermayman deymanu, ammo Alloh taoloning "Al maun" surasida ta’rifi kelgan insondek bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Shunaqa insonlarga nisbatan qanday muomalada bo‘lish joiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson bu kabi asbob-anjomlarni ikki nusxadan qilib qo‘yish kerak. Birini o‘zi ishlatadi, birini so‘raganlarga beradi. Qo‘shnisi bermagan narsa zarar jihatidan oxiratdagi ko‘riladigan zararidan engildir. Man qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar