Satri avrat

Assalomu alaykum! Men kasb qiladigan joyimda echinish xonasida odam juda ko‘p. Bilamizki erkak kishi tizzasini berkitishi varz. Lekin men o‘zim harakat qilib tez kiyimni almashtirib chiqib ketishga harakat qilaman. Qolganlar yuvinish xonasiga kirishda har xil holatda bo‘ladi. Shu yo‘sinda yurishim joizmi yoki echinadigan joyimni almashtirganim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ilojisi bo‘lsa echinadigan joyni almashtiring. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar