Amma ma’siyatga buyursa

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin ustozlar. Agar ammalar o‘z jiyanlarini ma’siyatga, gunoxga buyursa ularga itoat qilinadimi? Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Yaxshilik va silai rahm" nomli kitoblarida xola ona o‘rniga o‘tishi hamda onalarning farzandi oldidagi haqlari nihoyatta ko‘pligi, ularning roziligi jihoddan ustun qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. Amma ham ona o‘rniga o‘tadimi? Qanday holatlarda ammalarga itoat etiladi va qanday holatlarda yo‘q. Batafsilroq ma’lumot bersangizlar. Noo‘rin savol bergan bo‘lsam Allohdan tavfiq so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunoh holatlarida hatto ota-onaga ham itoat qilinmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar