E’tikof niyati bilan taroveh

Assalomu alaykum! Bilamizki ramazon oxirgi 10 kunligida e’tikof o‘tirish sunnati muakkada. Biz taroveh namoziga chiqamiz ya’ni 3-4 soat davomida masjidda bo‘lamiz. Shu ramazon oxirgi 10 kunligida taroveh namozi uchun masjidga kirishdan oldin e’tikofni ham niyat qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U e’tikofni niyat qilishingiz nafl bo‘ladi. Sunnati muakkada bo‘lgan e’tikofni ado qilish uchun 20-ramazon kuni quyosh botishidan avval masjidga kirib, hayit namozi o‘qiladigan kundan avvalgi kechada shom namozini o‘qigandan keyin chiqasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar