Nikox va oila

Assalomu alaykum! Agar ayol kishi turmushga chiqsa tekkan turmush o‘rtog‘i noqobil, xotinni ishlatedigan, ishlab pul topib kel desa shu joizmi? Shunday erdan ajrashsa ya’ni tashlab ketib qolsa orqadan necha yillar o‘tsa uni ko‘rmagan. U inson bu ayolni tirikmisan, o‘likmisan, ochmisan, to‘qmisan demasa, vaqtiki soati kelib ayol boshqa insonga turmushga chiqsa bo‘ladimi? Lekin o‘rtalaridagi nikox qayd qilgan xujjatni yirtib tashlagan, lekin talok berilmagan. Inson xayoti mobaynida xar xil insonlar uchrarkan, lekin haqiqiy erkak kishi kam bo‘larkan. Ayol kishi bir ojiza bulsa uni shunday xurlashi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikoh erning og‘zidan chiqqan so‘zga bog‘liq. Taloqsiz boshqa turmush qurolmaydi. Albatta talog‘ini olishi va iddasini tugatishi kerak. Keyin boshqasiga nikohlanishi mumkin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar