G‘iybatmi?

Assalomu alaykum! Ma’lumki bir kishini aybini u yo‘q joyda ortidan gapirish g‘iybat. Ko‘pincha g‘iybat qilayotgan kishiga "unday qilmang" desak "men bu gapni o‘ziga ham aytganman va kerak bo‘lsa yana aytaman o‘ziga. Buni nimasi g‘iybat? G‘iybatni joiz turlari bor" deyishadi. Ularning shu tushunchalari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mutlaqo noto‘g‘ri. “G‘iybat o‘zi nima” kitobini olib o‘qing. Uni yuziga ham aytaveraman deb gapirishi ham g‘iybat bo‘ladi harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 17:30 | Savol-javoblar | 165 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar