Yuzning tashqi va ichki qismiga ozuqa

Assalomu alaykum! Yuzda xusunbuzarlarim bo‘lganligi sababli muolaja olaman. Oldinlari xusunbuzarlarni siqib chiqarar edim. Natida yuzimda chuqurli va chandigli joylar paydo bo‘ldi. Yuzni asl xolatiga qaytarish uchun yuzga ozuqa yuboriladi (dermopen). Yuzga maxsus aparat orqali ignalar sanchiladi keyin antibiotik, ozuqa yuzga suritiladi va maxsus ingalar orqali yuzning ichki qismiga yuboriladi. Shunday xolatda ro‘zador odamning ro‘zasi buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu muolajani o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmaganimiz, mohiyatidan xabardor bo‘lmaganimiz uchun ro‘zani ochmaydi deb ayta olmaymiz. Bu ishlarni iftordan keyinga qoldiring. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 169 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar