Uylanmoqda ota-ona orzu havasi

Assalomu alaykum! Oila qurish bu faqat ota-onaning orzu umidlari xoxish istaklari ustiga quriladimi? Meni yoshim 25da, uylanishga juda xam moyilligim bor. Zino qilishdan qo‘rqaman, lekin ota-onam meni xali xam uylash niyatlari yo‘q. Alhamdulillah Payg‘ambarimizni sunnatlariga amal qilib kelaman. Ro‘za tutaman, u xam vaqtincha shaxvatni kesadi, hatto o‘zim muslima qiz topdim. Otam bilan maslaxatlashib ana o‘sha qizga uylab qo‘yishlarini aytdim, lekin foyda bo‘lmadi. Ota-ona ekan ularga bundan ortiq xolatimni tushintira olmadim. Sharoit xam etarli edi, uyim, barcha jixozlar xam bor edi, afsus.... Va bugungi ota-onalar xam ozgina farzandlarini ko‘ngliga xam qarasinlar...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onalar orzu havas o‘rniga farzandlarini halol haromdan saqlanishlarini o‘ylashlari kerak. Ularga qaerda to‘y qimmatlashsa, zino ko‘payib boraverishingi ham tushuntirish kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar