Janoza namozining vaqti
Bismillahir rohmanir rohiym.Assalomu alaykum, muhtaram Shayx hazratlari.Ramazonning 3-kuni peshin namozidan so‘ng 80 yoshli bobom olamdan o‘tdilar. U kishining janozalari kattalar va go‘rkov bilan kelishgan holda kechki 19.30ga belgilandi va hamma xabardor qilindi. Ammo masjid imomi bilan maslahatlashgan bobomning ukalari janoza vaqtini xuftonga qoldirish maqsadga muvofiq ekanligini aytib, janozaga yig‘ilganlarning ba’zilariga javob berib yubordilar va bunga quyidagi 2 sababni keltirdilar:1. Ro‘zadorlar bemalol iftorlik qilishlari uchun2. Tabarruk yoshdagi inson (bobom) uchun taroveh namoziga yig‘ilgan jamoat bilan janoza namozini o‘qish katta savob ekanligi uchun.Ammo g‘assol soat 19.15ga bobomni kafanlab tugatdi, go‘rkov ham qabrni bitkizib bo‘ldi. Natijada bobomning farzandlarining so‘zi bilan janoza namozi 19.30da bo‘lib o‘tdi va unda ba’zilar qatnasha olmadi. Ushbu holat ba’zilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi: kimdir bobomning ukalaridan, yana kimlardir bobomning farzandlaridan gina qildi.Shayx hazratlari, savollarim quyidagicha:1. Janoza namozini xuftonda o‘qish shar’iy va dunyoviy nuqtai nazardan qanchalik to‘g‘ri?2. Mazkur holatda qaysi tarafning tutgan yo‘li ko‘proq maqsadga muvofiqdir.3. Yozning issiq kunlari mayit buzilishi xavfi bo‘lgan holda uni dafn qilishni kechiktirish (ertangi kungi bomdod yoki peshinga) to‘g‘ri ishmi?Javoblaringiz uchun avvaldan rahmat.Muborak Ramazon oyi Sizga, bizga va barcha mo‘minlarga xayrli bo‘lsin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Janozani tezroq o‘tkazish yaxshi.
4 May 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Janozani tezroq o‘tkazish yaxshi.
4 May 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 178 | Namoz