Qiroatni o‘zi eshitadigan bo‘lishiga dalil

Assalomu alaykum! Savolim kuyidagicha: 6210-savolga bergan javobingizda "o‘zi eshitadigan darajada qiroat qilmaguncha namozi ado bo‘lmaydi, qayta o‘qish kerak" degan edingiz. Quyidagi oyatni sharxlab bersangiz: "Rabbinnizga zorlanib va xufyona (ovozsiz) duo kilingiz! Zero, U (duoda va boshqada) xaddan oshuvchilarni yoqtirmagay". A’rof, 55. Namozni yon atrofdagilarga xalaqit qilmaslik uchun ichida o‘qisa bo‘ladimi yoki siz aytgandek o‘zi eshitadigan qilib o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xufyona degani “o‘zgalarga eshittirmay”dir. Bundan o‘zi ham eshitmasin deyilgan joyi yo‘q. Qolaversa namozdagi qiroat bilan duoning farqi bor.
“Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Farzning ikki rak’atining har birida hamda vitr va naflning har bir rak’atida bir oyat qiroat qilish.
Ovoz chiqarib qiroat qilishning eng pasti o‘zidan boshqaga eshittirishdir.
O‘zidan boshqa eshitmaydigan darajadagi qiroatni «ovoz chiqarib qiroat qilish» deb bo‘lmaydi. Demak, ovoz chiqarish lozim bo‘lgan qiroatda aqalli o‘ziga eng yaqin turgan kishi eshitadigan darajada ovoz chiqishi lozim ekan.
Ovoz chiqarmay qiroat qilishning eng pasti o‘zi eshitadigan bo‘lishidir. Mana shu to‘g‘ridir.
O‘zi eshitadigan darajada bo‘lmagan narsa qiroat bo‘lmaydi. O‘zidan boshqa eshitadigan bo‘lsa, oshkora qiroat bo‘lib qoladi. Og‘zini yumib, xayolida qiroat qilish umuman qiroat emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar