Imtihonim kuni nima qile?
Assalomu alaykum! 18-kuni mening imtihon kunim, Andijondagi madrasaga xujjat topshirgan edim. Imtihon sanasi 18-Avgust 17:30 da imtihon olinadigan joyga etib kelishimni aytishdi. Imtihon ruxsatnomasida ham 17:30 deb belgilangan imtihon vaqti. Menga telefon qilib imtihon vaqtini aytgan hodim bilan gaplashib 15-20 minut kechroq borsam zarari yo‘qmi desam zarari borligi haqida aytdi. O‘zi asosan, azaldan DTMda imtihonlar belgilangan vaqtga etib kelishligi shart deb belgilanadi. Andijonda 17:30 da rossa Asr vaqti bo‘ladi. Namoz Farz imtihonni esa 1 yildan beri kutyabman, tinimsiz duolarda. Men nima qile? Bu holatda farzni qazo qilsam bo‘ladimi? Agar bu safargi imtihonni o‘tkizib yuborsam, yana. Bir yildan keyin keladi navbat. Nega biror din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir og‘iz shuni ertalabga yoki abetdan keyingiga belgilash haqida biror nima demagan xayronman. Bu holatda qaysi yo‘lni tutishimni maslaxat berasizlar iltimos qisqa tushunarsiz jumboqlik javob bermelar (shu qatorda iltimos qilib o‘taman, madrasa imtihonlarini anavi DTMga topshirmelar ular na namoz vaqtini bilsin na boshqani Oliy madrasalarni o‘zilar imtihon qilgandek o‘rya maxsus ta’lim madrasa imtihonlarini ham o‘zilar olselar shunaqa vaqtda, namoz o‘qib ole deyilsa ho‘l disizlar va kechikgandi tushunasizlar) oldindan rahmat javob uchun Ustozlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz vahima qilmasdan Bismillah deb imtihonga boring. Asr vaqt bo‘lganida o‘sha erda o‘qib olsam bo‘ladimi deb so‘rasangiz sizni jazolashmaydi. Juda qo‘ymasa o‘z ishimga borib kelay deb borib asr o‘qib kelsangiz ham bo‘ladi. Imtihonni kimga topshirish iltimosingizni esa bizga emas O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining muslim.uz saytiga yozing. Chunki bu kabi masalalarni hal qilish, O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining vakolatiga kiradi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 147 | Ibodatlar