Avesto haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hay’ati a’zolari, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Meni anchadan beri bir savol bezovta qiladi. Men institutda o‘qiyman. Ma’lumki bizda O‘zbekiston tarixi darsligi o‘tiladi. Barcha darsliklarda: «m.a 1 ming yillik boshlarida Xorazm hududida «Zardusht» o‘zini payg‘ambar deb hisoblab «Zardushtiylik dini»ga asos soladi va bu kitobning «muqaddas» kitobi Avestodir» deb juda maqtangan holatda yozishadi. Bizning dinimiz Islom dini va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqida esa juda kam ma’lumot berishadi. Faqatgina Arab Xalifaligining O‘rta Osiyoda zo‘ravinligi-yu talonchiligi haqida juda ko‘p yozishgan. Bu dinga va Avestoga ko‘pchilik o‘quvchilar ishonadigan bo‘lib qolmoqda. Savolim shundan iboratki, Avesto haqida Islom olamida gap bormi? Bu qanday ta’limot o‘zi? Balki bu bid’atdan bishqa narsa emasdir? Savolim noo‘rin bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ZARDUShTIYLIKKA MUNOSABATIMIZ Kommunistik g‘oya rasman hukmdor bo‘lib turgan paytlarda Islomning ta’sirini kamaytirish maqsadida, "erli din"lar haqida ataylab bahslar yuritilib turilar edi. Bu ham kommunistlar kishilarda mahalliychilik ruhini qo‘zg‘ab: "Kelgindi dinga nima uchun e’tiqod qilasizlar, agar tarixiy merosga, ajdodlaringiz e’tiqodiga ergashmoqchi bo‘lsangiz, o‘z vataningizdan chiqqan zardo‘shtiylik dini, Moniy va Mazdak kabilarning mazhablari turibdi-ku?!" demoqchi bo‘lar edilar. Bu puxta ishlab chiqarilgan tadbir Islom dushmanlarining dunyo buyicha qo‘llab kelayotgan uslubi ekanligini musulmon olamida yaxshi biladilar. Hozirgi davrda, o‘zlikni anglash jarayonida ham o‘sha eski nag‘ma tez-tez takrorlanadigan bo‘lib qoldi. Kishilarining Farobiy, Ibn Sino va Beruniylar haqida so‘zlab berish haqida qilgan iltimosiga ayrim o‘zini olim yoki ziyoli deb tanitgan shaxslarning Zorotushtra, Moniy va Mazdak haqida so‘zlab, ularni ko‘klarga ko‘tarib maqtayotganlariga guvoh bo‘layapmiz. Bu odamlar ularning tutgan yo‘llarini din, o‘zlarini esa payg‘ambar, deb hukm chiqarmoqdalar. "Avesto" kitobini esa muqaddas, ilohiy kitob, deb baholashmoqda. Aytishlaricha, mazkur kishilar bizning vatandoshimiz, demak, ularning ta’limotini o‘rganishimiz, ular bilan faxrlanishimiz lozim. Ular qoldirgan merosdan eng ahamiyatlisi, Mazdak ismli shaxs dastlabki, haqiqiy kommunistik g‘oyaning yaratuvchisi, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilib chiqqan zot va hokazolar. Tub aholi asosan, musulmon bo‘lgani uchun yoki musulmonlikni da’vo qilayotganliklarini e’tiborga olib, ushbu mazhablar va shaxslar haqida islomiy nuqtai nazarni eslatib o‘tishni lozim topdik. Bularga berilgan baholarni aniqlashda din va mazhablar tarixi va ularning xususiyati haqidagi ma’lumotlarning asosiy manbasi bo‘lgan Abul Fath, Muhammad Abdul Karim ibn Abu Bakr Ahmad Shahristoniyning "Al-Milal Van Nihol" kitobidan foydalanildi. Ma’lumki, musulmon odam faqat islom diniga amal va e’tiqod qilishi lozim, boshqa har qanday dinga e’tiqod qilib bo‘lmaydi. Chunki, oxirgi din - Islom kelishi bilan avvalgi hamma dinlar amaldan qolgan va Islomdan keyin yana qandaydir dinning kelishi mumkin emas. Ammo mavjud va avvalda bo‘lgan dinlarga nisbatan musulmon kishining aqiydasi qanday bo‘lmog‘i darkor? Ulamolarning e’tirof etishlaricha, e’tiqod bobida musulmon bo‘lmaganlar - ahli kitoblar, ahli kitobligiga shubha borlar va havoi nafsga ergashganlarga bo‘linadi. Ahli kitoblar deb, Allohdan tushirilgan kitobga ega millatlarga aytiladi. Bular yahudiylar va xristianlardir. Ular ilohiy kitob va payg‘ambarlari bo‘lgan ummatlar hisoblanadi. Biroh, Qur’oni Karim va Islom kelishi bilan avvalgilar amaldan qoldirilgan. Asli bir bo‘lgani uchun ham Islomda masihiy va yahudiylar so‘ygan halol hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilishga va ayollarga uylanishga ruxsat berilgan. Ahli kitobligiga shubha bor dinlarga majusiylik, ya’ni otashparastlik dini kiradi. Biz yuqorida ztkr qilgan "Zardo‘shtiylik" ham ushbu majusiylikdan bir mazhab hisoblanadi. Monoviylik va mazdakiylik esa, "Sonoviya", ya’ni, ikki xudolik dinlari jumlasiga kiradi. Ular nur va zulmat, yaxshilik xudosi va yomonlik xudosiga ishonadilar. Monoviylik va mazdakiylik ham ahli kitobligida shubha bor dinlar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham ularning so‘ygan hayvonlarining go‘shtini eyish musulmonlarga harom qilingan. Ayollariga ham uylanib bo‘lmaydi. Agar musulmonlikni qabul qilsalar, uylansa bo‘ladi. Bu ikki dindan tashqari dinlar havoi nafsga ergashganlar dini bo‘lib, ular faylasuflarning mazhablari, mushriklar va tabiatning turli hodisalariga sig‘inuvchilardan iborat. Endi "Zardo‘shtiylik", monoviylik va mazdakiylikni alohida ko‘rib chiqaylik. Zardo‘shtiylar deb, Zardo‘sht ibn Burshabga ergashuvchilarga aytiladi. Zardo‘shtning otasi ozarbayjonlik, onasi Dag‘davoyh ismli Ray shaharlik ayol. Zardo‘sht o‘z da’vatini Kishtosib ibn Lafrost ismli podshoh davrida boshlagan. U faylasuf bo‘lib, "Zind Avesto" nomli kitob tasnif qilgan. Zardo‘shtiylar o‘z rahnamolarini mo‘jizalar ko‘rsatgan, deb da’vo qiladilar va quyidagi misolni keltiradilar: "U Denavr nomli joyda ko‘zi ko‘r kishi oldidan o‘tib ketayotib, falon o‘simlikni olib, siqib suvini ko‘ziga qo‘yinglar, degan edi. Shunday qilinganda, haligi odamning ko‘zi ochildi". Musulmon olimlar esa, bu Zardo‘shtning mo‘’jizasi emas, balki o‘simliklarning xususiyatini yaxshi bilishiga daxldor, deydilar. Zardo‘shtning fikrlari va qilgan ishlari o‘z zamonasida ma’lum doirada va hududda e’tiborga olingan bo‘lishi mumkin. Lekin, hech qachon va hech Kim ularni olamshumul ahamiyatiga ega, degan emas. Hozirda deyarli unut bo‘lib ketggani ham shunga dalildir. Demak, zardo‘shtiylik samoviy din emas, Zardusht payg‘ambar emas, "Avesto" iloxiy kitob emas. Bu din, shaxs va kitob insoniyat taqdirida deyarli sezilarli biror iz qoldirgan emas. Hozirda hech kim ulardan foydalanayotgani ham yo‘q. Shuning uchun ham ularni tashviqot qilayotganlar g‘arazli maqsadni ko‘zlayotganlari aniq.Monoviya mazhabi esa, Moniy ibn Fotak ismli hakim - faylasuf kishiga nisbatan berilgan bir toifa bo‘lgan. U Sobur ibn Ardashar podshohlik qilgan zamonda paydo bo‘lgan. Bahrom ibn Hurmuz ismli podshoh keyinchalik uni qatl qilgan. Moniy xristian va majusiy dinlarini qo‘shib-chatib, yangi bir yaratgan. U Iyso alayhissalomning payg‘ambarliklariga ishonar, Muso alayhissalomning payg‘ambarligiga esa ishonmas, aslida majusiy edi. Moniy: olam ikki kadimiy asldan - nur va zulmatdan yaratilgan, deb da’vo qilgan. Xulosa qilib aytganda, bu mazhabda ham biz uchun faxr yoki e’tiborga sazovor hech narsa yo‘q. Xuddi shuningdek, mazdakiylikda ham hech bir ajablanarlik narsa yo‘q. Mazdak Anushuravonning otasi Qubozni o‘z mazhabiga ergashishga chaqirganda, Quboz uni qabul qilgan. Otasidan keyin taxtga o‘tirgan Anushuravoni Odil Mazdakning hiyla-nayranglari va qallobligini tushunib etib, uni qatl qildirgan. Anushuravon Islomdan oldingi eng odil podshoh, adolat ramzi bo‘lib qolgani hammaga ma’lum. Shunday odil podshoh turli qallobliklari uchun qatl etgan Mazdakni bugungi kunda, u oddiy qashshoq mehnatkashlarga zulm qilishga qarshi chiqqan buyuk shaxs sanaladi, deb ko‘klarga ko‘tarayotganlarning maqsadi nima ekanini bilmadik. Mazdakning bugungi tarafdorlari uni xotin-qizlarniing haq-huquqlarini himoya qilib chiqqan shaxs sifatida ham ulug‘lashmoqda. Aslida esa, Mazdak urush-janjallar, molu-dunyo va xotin talashib yuzaga chiqadi. Urushni yo‘q qilish uchun molu-dunyo va xotin qizlar huddi suv, olov va em-xashak kabi o‘rtada bo‘lishi kerak, degan. Tabiiyki, buni ijtimoiy adolatga va xotin-qizlarning huquqini himoya qilishga chaqiriq, deb bo‘lmaydi. Agar Mazdak xotin-qizlarni zarracha ehtirom qilganda, ularni erkaklar o‘rtasida, molu mulk singari sheriklik matohi bo‘lishini targ‘ib qilmas, ayol kishining otasi, akasi yoki ukasi bilan jinsiy aloqada bo‘lishiga ruxsat bermas edi. Qushimcha sifatida eslatib o‘tmoqchimanki, otashparastlik, ya’ni ma’jusiylik, jumladan, zardo‘shtiylik, monoviylik va mazdakiylik ham qadimgi forslarga xos mazhablardir. Bu ma’lumotlarni boshqalar qatori har bir musulmon shaxs ham yaxshi tushunib olmogi darkor. Alloh taolo barchamizni O‘zi to‘g‘ri yo‘lga boshlasin! Vallohu a’lam! https://islom.uz/view/zardushtiilikka-munosabatimiz
21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar