Baytul Maqdis

Assalomu alaykum! Payg‘ambarlar qissasi kitobida yozilishicha Ibrohim alayhissalomning o‘g‘illari Isxoq alayhissalom Shomda Kaba kabi Baytul Maqdis qurgan ekanlar. Shu haqida eshitmagan ekanman. Hammaga ma’lumki hozir Shomda ahvol og‘ir ba’zi bir yovvoyilar sababli, o‘sha Baytul Maqdis hozirgacha saqlanib qolganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday ma’lumot yo‘q. أَبَا ذَرٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللهِ، أَيُّ مَسْجِدٍ وُضِعَ فِي الْأَرْضِ أَوَّلُ؟ قَالَ: «الْمَسْجِدُ الْحَرَامُ». قَالَ: قُلْتُ: ثُمَّ أَيٌّ؟ قَالَ: «الْمَسْجِدُ الْأَقْصَى». قُلْتُ: كَمْ كَانَ بَيْنَهُمَا؟ قَالَ: «أَرْبَعُونَ سَنَةً، ثُمَّ أَيْنَمَا أَدْرَكَتْكَ الصَّلَاةُ بَعْدُ فَصَلِّهْ، فَإِنَّ الْفَضْلَ فِيهِ». طرفه: 3425 - تحفة: 11994 Abu Zarr roziyallohu anhu aytadi: «Ey Allohning Rasuli, er yuzida qaysi masjid birinchi bo‘lib qurilgan?» dedim. U zot: «Masjidul Harom», dedilar. «Keyin qaysi?» dedim. U zot: «Masjidul Aqso», dedilar. «Ikkovining orasida qancha o‘tgan?» dedim. U zot: «Qirq yil. Qachon bo‘lmasin, senga namoz to‘g‘ri kelsa, darhol o‘qib ol, chunki fazilat shunda», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Keyingi kelgan payg‘ambar alayhimussalomlar o‘z davrlarida ularni ta’mirlaganlar. Shularning qatorida Ibrohim alayhissalom, Ishoq, Ya’qub, Sulaymon alayhimussalomlar ham. عن أبي الدرداء:قال عليه الصلاة والسلام: «فضل الصلاة في المسجد الحرام على غيره مائة ألف صلاة وفي مسجدي ألف صلاة وفي مسجد بيت المقدس خمسمائة صلاة» أخرجه البزار Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Masjidul Haromda o‘qilgan namoz boshqa masjidlarda o‘qilgan namozdan yuz ming daraja, Masjidimda o‘qilgan namoz ming darajada  va Baytul Maqdisda o‘qilgan namoz besh yuz daraja afzal” dedilar". Bazzor rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 268 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar