Ulamolar deb
Assalomu alaykum! Olim deb ko‘p narsani bilganni aytadimi yoki bilganiga amal qilgannimi?
2). Man zulxijja oyi ro‘zasini tutishda niyatni qazo va nafl ro‘zani niyat qilib tutsam bo‘ladimi?
3). Qur’on o‘qigandan keyin ortidan duo qilaman. Duo boshlashdan oldin o‘zingni kaloming haqqi hurmati deb Alloh azza va jalladan so‘rasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Alloh taolo “Fatir” surasida marhamad qiladi: إِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاء إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ 28. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar. Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir. Alloh taoloning qudratini his etib, yaratilgan narsalardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab etib, aqli bilan Allohni topgan va Undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarini to‘liq o‘rganib, ularni yaratgan Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidir», – degan ekanlar. Imom Hasan Basriy: «Olim Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir», – deb turib, «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar. «Albatta, Alloh o‘ta izzatlidir, o‘ta mag‘firatlidir». Alloh har narsadan g‘olibdir. Nimani xohlasa, qila olur. U o‘ta mag‘firatli Zotdir. Vaqtida ibrat olib, o‘zini taniganlarni mag‘firat etadi. Borliqdagi narsalardan ibrat olish haqidagi bu gaplardan so‘ng Alloh yuborgan vahiydan ibrat olish, unga ergashish va amal qilish haqida so‘z ketadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). 2). Qazoni niyat qilsangiz o‘z-o‘zidan o‘sha kunlarda ro‘za tutganning savobiga ham ega bo‘lsiz. 3). Avvalo shuni yaxshi bilish kerakki, Allohning zimmasida hech kimning haqqi yo‘q. Shuning uchun ba’zi ulamolarimiz haqqi so‘zining o‘rniga hurmatini vasila qilishni afzal deb bilganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar