Bir daqiqalik sukut haqida

Assalomu alaykum! Kuni kecha Qozog‘istonda bo‘lgan fojeadan barcha O‘zbekiston fuqarolari chuqur qayg‘uga botdi. Alloh o‘tganlarni rahmatiga olsin! Savolim shundan iboratki, o‘tganlarning xotirasi haqqi, xuddi chet davlatlarda bo‘lganidek, bir daqiqalik sukut saqlashga dinimiz nima deydi? Namangan viloyati hokimi qaroriga ko‘ra, barcha muassasalarda bugun ish shundan boshlanibdi ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri. Bir daqiqa sukut emas, bir daqiqa ularni haqqiga duoi xayr bilan boshlansa edi shariatimizga muvofiq bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar