Najasni poklash

Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari . ALLOH ta’olo qilayotgan ishlaringizni ajrini ko’paytirib bersin va sizni jannatda eng oliy martabalarga erishishlikni nasib etsin. Quyida bermoqchi bo’layotgan savolim no o’rin yoki takror berilayotgan bo’lsa, sizdan uzr so’rayman. Savol: Agar badanga najas tegsa (masalan: songa 1-2 tomchi siydik ) , albatta yuvib yuborish kerakmi yoki qog‘oz bilan yaxshilab artib poklasa ham bo’ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
‎- Yaxshilab artib poklasa ham bo‘ladi. Muhimi ‎najasning jismi, hidi va rangi ketsa bo‘ldi.‎

27 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 151 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar