noto‘g‘ri o‘qilgan qasr namozlar
Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhuhurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz Alloh sizning musulmonlarga qilayotgan xayrli ishlaringizni munosib taqdirlasin, ahlingizni o‘z panohida asrasin! Ustoz bir savol berishga ijozat bersangiz, Ustoz men hozirda ayolim bilan Toshkentda yashayman, o‘zim asli Samarqnddanman. Men yaqin kunlargacha Toshkentdan uyga (Samarqandga) borganimda namozlarni qasr qilib o‘qiganman. Va bu noto‘g‘ri ekanligini Sizdan bilib oldim. Bu qasr qilib o‘qilgan namozlarni endi qazo qilib o‘qiymanmi? aniq miqdorini bilmagan taqdirimda nima qilishim kerak? Ustoz shu erda yana shu masalaga tegishli savol tug‘ilgani uchun savolni birdan ortiq berayapman va agar bu ishim noto‘g‘ri bo‘layotgan bo‘lsa uzr so‘rayman va faqat birinchi savolga javobingizni intiqlik bilan kutaman. 1. Agar biror uzoq yurtga mehmonga borsak (begonalarnikiga), 96 kmdan ko‘p masofaga 15 kundan kam kunni niyat qilib borsak, bu holatda namoz qasr qilinadimi?2. Agar uzoq masofaga (qarindoshlarnikiga) mehmonga borsak, 96 kmdan ko‘p masofaga 15 kundan kam kunni niyat qilgan bo‘lsak bu holatda namoz qasr qilinadimi?3. Yaqin yoki uzoq qarindoshlar yashaydigan joyga borsak qancha kun turishimizdan va qancha masofaga yurib borishimizdan qat’iy nazar namozlarni qasr qilmaymizmi? Ustoz, savollari ko‘payib ketgani uchun yana bir bora uzr so‘rayman.Alloh Sizni musulmonlar baxtiga sog‘-salomat qilsin.Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa shaharda ko‘chmas mulki borlar o‘zi yashab turgan shahardan o‘sha ko‘chmas mulki bor shaharga borganda namozni to‘liq o‘qiydi. Boshqasida qasr qiladi. Qarindoshnikiga yoki begonanikiga borishda farq yo‘q. Ko‘chmas mulki – o‘z uyi bo‘lmagan odam safar masofasidan uzoqqa borgandan 15 kundan ko‘pni niyat qilsa to‘liq, ozni niyat qilsa, qasr o‘qiydi.
4 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 152 | Namoz