Hozirgi kundagi holatlar

Hurmatli Ustoz hozirgi kunda ko‘p uchraydigan holatlar haqida savol so‘ramoqchi edim ko‘pchiligimizda mashina bor va yana ko‘pchilik o‘qidi, ishlidi lekin masala shundaki ikki elkamizdagi farishtalar har bir qilingan mayda ishlarni ham nomai amolimizga yozib boradilar. bularga misol qilib mashina haydayotgan inson birovning mashinasini behosdan silab qo‘yishi va buning natijasida mashinada ozgina bilinar bilinmas qirilgan iz qolishi va uning egasini kutmagan holatda ketib qolishi e‘htimol egasi "hechqisi yo‘q" deyish e‘htimoli ko‘pligidanmi yoki bo‘lmasa talabalarni o‘tirgan partalarga yozishi u ham maktab kollej litsey institut muki hisoblanadi-ku ?va shunga o‘xshagan qaysidir ma‘noda mayda narsalar o‘tgan bo‘lsa ularni qannaqqilib to‘g‘rillasa bo‘ladi ahir ularning deyarli 90-95% egalarini bilmaydikuqiyomat kunida birovning haqqi bir birida qolmasligi haqida o‘qiganman va eshitganman Ustoz yana bitta iltimos men bu yili institutni yakunlayapman hadimay diplom ishi topshiraman Allohim poraho‘r domlalarni qalbidan meni uzoqlashtirsin !Allohim barchalarimizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin Payg‘ambarimiz (s.a.v) chizib ketgan chiziqlaridan chiqmasliguzani O‘zi nasib qilgan bo‘lsin Musulmonlarga juda katta foydez tegyapti Alloh sizning umringizni yanada ziyoda qilsin !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Inson iloji boricha birovning va jamaotchilikning mulkiga zarar etkazmaslikka harakat qilish kerak. beparvo bo‘lsa, gunohkor bo‘ladi. Imkoni boricha harakat qilib, uning ixtiyoridan tashqarshi biror narsa bo‘lsa, afv bo‘ladi.

4 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar