Iso alayhissalom davrlarida

Assalomu alaykum! Iso masih o‘z davrlarida Allohning farzandi ekanliklarini aytganlarmi yoki ularning vafotlaridan keyin shu gap tarqalganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytmaganlar. Iyso alayhissalom bu haqida nima deganlarini Alloh taolo "Moida" surasida quyidagicha hikoya qilib keltirgan :  مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلاَّ مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ وَأَنتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ۝ 117. Men ularga O‘zing menga amr qilgan narsa – «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yo‘q. Va modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh bo‘ldim. Meni O‘zingga olganingdan so‘ng Sening O‘zing ularga kuzatuvchi bo‘lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan.
Demak, Iyso alayhissalom nasorolarga «Men ham, sizlar ham Allohning bandalarimiz va hamisha Unga ibodat qilish zarur», – deb aytganlar. Undan boshqa gapni aytmaganlar. Ya’ni «Meni Xudo qilib olinglar», – demaganlar. Iyso alayhissalom yana boshqa ishlar ham qilganlar:
«Va modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh bo‘ldim».
Ya’ni «Qilgan ishlari, aytgan gaplari va boshqa narsalariga guvoh bo‘ldim. Jumladan, Sening amringni qanday qabul qilishlariga guvoh bo‘ldim. Mening ular ichida bo‘lgan vaqtimdagi gaplarim shulardan iborat. Men xudolik da’vosini qilganim yo‘q. Mendan keyin nima bo‘lganini O‘zing bilasan».
«Meni O‘zingga olganingdan so‘ng Sening O‘zing ularga kuzatuvchi bo‘lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 173 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar