Universitetga to‘laniladigan to‘lov haqida
Assalom alaykum, hazrat. Sizga quyidagi holat yuzasidan savol bermoqchi edim. Men o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan AQSH universitetda to‘lovda quyidagicha shart-sharoitlari bor ekan(bu saytdan to‘lov qismiga doir olingan qismi):O‘qishga hujjat topshirgan talabalarning bilim-salohiyatiga qarab boshlang‘ich to‘lovlar turlicha $3,500 - $7,000 gacha bo‘lishi mumkin ekan. Bu umumiy o‘qish pulining ma‘lum qismi, pulning qolgan qismini esa bank to‘lab beradi va uni ishlab (ular talabalik davrida ish bilan ta‘minlashar ekan) to‘lash kerak.Quyida ularning qanday to‘lanishidan misollar:[table][tr][td]Agarda boshlang‘ich to‘lov miqdori:[/td][td]$3,500 [/td][td]$4,500 [/td][td]$5,800 [/td][td]$7,000 [/td][/tr][tr][td]Qarz miqdori:[/td][td]$27,925 [/td][td]$26,925 [/td][td]$25,625 [/td][td]$24,425 [/td][/tr][tr][td]Umumiy to‘lovning ushbu qismi qarzga to‘lab beriladi[/td][td]89% [/td][td]86% [/td][td]82% [/td][td]78% [/td][/tr][tr] [td]Qarzni qaytarilishdagi tahminiy miqdori[/td][td]$30,230 [/td][td]$29,140 [/td][td]$27,100 [/td][td]$24,880 [/td][/tr][tr] [td]Ishni boshlagandan keyingi qarzni to‘lashdagi har oylik miqdori *[/td][td]$1,285 [/td][td]$1,240 [/td][td]$1,180 [/td][td]$1,125 [/td][/tr][/table]*Hozirda 2yilga 9.00% dan oyiga qo‘shib boriladi. Ko‘rsatilgan foiz qiymati o‘zgarishi mumkin.Yuqoridagilar [url=https://ms’s.mum.edu/finan’ial-aid-intl.html#’ploan] https://ms’s.mum.edu/finan’ial-aid-intl.html#’ploan[/url] saytdan olindi.Hazrat, bu o‘qishda yuqorida ta‘riflangadek to‘lov qillib o‘qish islomda joizmi yoki nojoizmi? Hazrat, sizdan iltimos bizning haqqimizga duo qilsangiz, oxirat-u dunyoimzga foydali bo‘ladiga ilm olishimizni Alloh o‘zi nasib etsin.Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin va sizni O‘z hifzu-ximoyasida asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bank bilan bo‘ladigan muomalada ribo borligi uchun mumkin emas. Alloh taolo istaganigizdan yaxshi va foydali ilm ato qilsin!
4 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bank bilan bo‘ladigan muomalada ribo borligi uchun mumkin emas. Alloh taolo istaganigizdan yaxshi va foydali ilm ato qilsin!
4 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat