Ismimning ma’nosi va tik turib taomlanish

Assalomu alaykum! Ustozlar, odamlarning diniy savodxonligini oshirishdek, qilayotgan ishlaringizga rahmat aytib, Allohdan Sizlarga tinchlik va sog‘lik so‘rab qolamiz. Savollarim shundan iboratki: Mening ismim Quddusxon (Quddus), yoshim 27 da. Ismimning ma’nosi «nuqsonlardan holi, benuqson» bo‘lib, Allohning ismlari va ta’riflaridan biri. Meni Allohning ismi bilan chaqirishlari gunoh emasmi? Ismimni o‘zgartirishim shart emasmi?
2. Diniy bilimga ega bir tanishim tik turgan holatda iste’mol qilingan taom va suvni makruh yoki haromga tenglashtirilishini aytdi. Ushbu holatga ham oydinlik kiritib bersangizlar. Javoblar uchun avvaldan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ismingizni Abdulquddus deb o‘zgartiring. 2). Zarurat holatida joiz, aks holda joiz emas. Makruh yoki harom deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar