Islomdan chiqqan bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Agar er jahl ustida agar men xudo bo‘lganimda seni unday, bunday qilardim deb yuborsa dindan chiqqan bo‘lmaydimi? Nikohni yangilash kerak emasmi? Iltimos javobingizni intizorlik bilan kutaman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kufr so‘z hisoblanadi. Avvalo tavba qilish kerak, ehtiyotan nikohni ham yangilatib olish kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:57 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar