Ruhiy holat

Assalomu alaykum! uztozlar.Meni savolim ruxiy holatim haqida.Boshimni bulut o‘rab oladi. Xaqiqatni ko‘rishdan ojiz bo‘lib qolaman. Mayda chuyda narsalarga keragidan ortiqcha etibor beradigan bo‘lib qolaman.Ustozimizning kitoblarida aytilganidek bir narsa atrofida o‘ralashib qolaman,idrok qili olmay qolaman. Xar xil xayollar keladi,ularga etibor bermaslikki xarakat qilaman,biror narsa haqida to‘g‘ri qaror chiqara olmay qolaman. UsBu narsalar tushkunlikni keltirib chiqaradi. Biroz vaqt o‘tgach bu narsalar nimadir tasir qilib tarqaladi. Sekin o‘zimga kelib aql bilan ish tutishga xarakat qiliman. Boshqa bu xolatga tushmaslikka xarakat qilaman.Lekin qancha urinsam xam malum vaqt o‘tgach yana boshlanadi. Boshim og‘riydi(asabiy tugunlar). Tartib bilan ilm olishga xarakat qilyapman. Lekin bu narsa ilm olishimda xam xalaqit bermoqda Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim bu xolatdan butkul qutulishga yordam beringlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ertalabda va kechqurunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘qigan duolarini o‘qib unga amal qiling. Vallohu a’lam! Uni quyidagi linkdan o‘qiysiz. https://tazkiya.uz/virdlar/item/453-rasululloh-sollallohu-alayhi-vasallamning-tongda-va-tunda-o-qigan-duolari.html

30 Aprel 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 166 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar