APTIS imtihonidagi holat

Assalomu alaykum! Ingliz tili o‘qituvchilari uchun ma’lum bir turdagi imtihonlar mavjud. Agar kimdir shu imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsa oylik maoshiga qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi. Ayrim o‘qituvchilar shu kabi imtihonlarning javobini oldindan turli xil yo‘llar bilan (masalan pulga sotib olish orqali va h.k) olib yodlashyapti va yuqori natijalar qayd etishyapti. Savolim shuki bunday qing‘ir yo‘llar bilan erishiladigan o‘sha qo‘shimcha ustama pulning hukmi qanday. Menimcha halol emas. To‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imtihonda tushadigan savollarini yashirincha qo‘lga kiritib, o‘shalarning o‘zinigina yodlab undan o‘tish joiz emas. Chunki bunda imtihondan ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lmaydi. Bu yo‘l bilan topilgan qo‘shimcha ustama pul halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 132 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar