Namozda oyoqlar orasi

Assalomu alaykum! Namoz vaqtida ko‘plab odamlar oyoqlarini judayam katta ochib o‘qiydilar. Ba’zi odamlar bu haqida «Zikr ahlidan so‘rang» telegramdagi kanalda aytilgan katta ochib o‘qisa bo‘laveradi deyilgan ekan. Shu rostmi? Agar iloji bo‘lsa javobni telegramdagi kanalga joylashtirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zlarini “salafiylarmiz” deydigan kishilar hadisdan “oyoqni kerib o‘qish” degan narsani ixtiro qilmagunlaricha ulamolar bu haqda gapirmagan, hadisni oyoqlarni yopishtirish deb emas, “tufiqni bir-birining ro‘parasida qilish” deb tushungan edilar. Oyoqni kerish bilan namoz buzilmaydi, lekin “shunday qilish sunnat” degan gap o‘shalarni ixtirosi xolos. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:47 | Savol-javoblar | 201 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar