Onamga maslaxat

Assalomu alaykum! Onam bozorda mato sotadi. Onam yonida yordamlashaman, ya’ni yordamchiman. Onam foizga pul oldi. Qarshilik qildim, lekin foydasi bo‘lmadi va men bu olgan pullaringiz harom degan edim. Onam judayam pul zarur bo‘lgani uchun oldim deyabdi. Onamga nima deyishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Foizga pul olish hech qachon foyda keltirmaydi. Birinchidan, bu harom ish bo‘lib, Alloh taoloning g‘azabini keltiradi. Allohning g‘azabi nozil bo‘lgan ishda hech qanday yaxshilik bo‘lmaydi. Ikkinchidan, iqtisod ulamolari foizga pul olib tadbirkorlik qilish eng noto‘g‘ri yo‘l deb tan olishgan. Tezda qaytarib berib qutulinglar. Aks holda umringizni oxirigacha foizini to‘lab o‘tib ketasizlar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar