Sudxo‘rning tavbasi

Assalomu alaykum! Bir kishi bundan 10 yilar oldin sudxo‘rlik qilgan. 2 kishiga foiz evaziga pul bergan ekan. Hozir shu qilgan ishidan qattiq afsusda. Shu pularni qaytarib bermoqchi, pularni olgan insonlarga qaytarib bergan afzalmi yoki kambag‘al miskinlargami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Pulni o‘z egalariga qaytarib bersin.  عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ.  ورواه الإمام أحمد في المسند Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar. عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبير Abdulloh ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati.
Alloh qalbingizga solishi kechirishi iroda qilganining alomatidir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:56 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar