Musulmonning g‘ayridin ayolidan tug‘ilgan bolasi musulmon bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Musulmon erkak boshqa dindagi ayolga uylansa farzandi qaysi dinda bo‘ladi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er musulmon qilib tarbiyalashi shart bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَا مِنْ مَوْلُودٍ إِلَّا يُولَدُ عَلَى الْفِطْرَةِ فَأَبَوَاهُ يُهَوِّدَانِهِ أَوْ يُنَصِّرَانِهِ أَوْ يُمَجِّسَانِهِ كَمَا تُنْتَجُ الْبَهِيمَةُ بَهِيمَةً جَمْعَاءَ هَلْ تُحِسُّونَ فِيهَا مِنْ جَدْعَاءَ. ثُمَّ يَقُولُ أَبُو هُرَيْرَةَ: وَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ ﴿فِطْرَةَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ﴾ . رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar. So‘ngra Abu Hurayra «Agar xohlasangiz: «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», der edi».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadis ham Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinmoqda. Ushbu hadisda Alloh taolo insonlarni yaratish paytida sof tabiat bilan yaratsa ham, keyinchalik insonlar, xususan, ota-ona tarbiyasi sababli bu soflikka futur etishi, uning buzulishi haqida so‘z ketmoqda. «Fitrat» degani sof tabiat, dinni to‘g‘ri qabul qilishga bo‘lgan iste’dod, deganidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoda tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan, Alloh taoloning dinini qabul qilish iste’dodi bilan tug‘ilishi haqida xabar bermoqdalar. Demak, Alloh taolo hech kimni avvaldan sen yahudiy bo‘lasan, sen nasroniy bo‘lasan, sen majusiy bo‘lasan, deb majbur qilmaydi. Odamlarning turli dinga mansub bo‘lishiga sabab bor:
«Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi». Ya’ni, ota-onalar bolalarini o‘z dinlarida tarbiyalashlari oqibatida bolalarning sof tabiati buzilib, yahudiy, nasroniy va majusiy bo‘lib qoladilar. Bu o‘rinda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu ma’noni to‘liqroq tushuntirish maqsadida sahobai kiromlarga hissiy bir misol keltirmoqdalar.
«Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar. Ya’ni har bir hayvonning bolasi onasidan bus-butun tug‘iladi. Birortasininig qulog‘i yoki burni kesilmagan bo‘ladi. Ammo egalari belgi qo‘yish maqsadida va yana boshqa niyatda ularning quloqlarini, burunlarini kesadilar va hokazo. Shunga o‘xshab, inson ham onadan sof tabiat bilan tug‘iladi, yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘lib tug‘ilmaydi. Ota-onasining tarbiyasi tufayli yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘ladi. Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhuning ushbu hadisni rivoyat qilgandan so‘ng, «Agar xohlasangiz,
«(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», degan oyatni o‘qing», deb qo‘yadigan odatlari bor edi. Ya’ni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida kelgan ma’noni Qur’oni Karim ham tasdiqlashini bildirib qo‘ymoqchi bo‘lar edilar. Alloh taolo «Rum» surasida quyidagilarni aytadi:
«Bas, sen haqqa moyil bo‘lib, dinga yuz tut. (Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir. Lekin odamlarning ko‘plari bilmaslar» (30-oyat).
Biz o‘zbek tiliga «haqqa moyil bo‘lib» deb o‘girgan ibora oyati karimada birgina «haniyfan» so‘zi bilan ifoda etilgan. «Hanif» so‘zi arab tilida yomonlikdan yaxshilikka, botildan haqqa yuzlanish, moyil bo‘lish ma’nosida ishlatiladi. Shuning uchun bu oyatning mazmunini «Barcha yomonliklardan yuz o‘girib, haq dinga yuz tut» deb tushunish kerak bo‘ladi. Ya’ni «boshqa hamma dinlaru e’tiqodlarni qo‘yib, Islomga ixlos ila yuzlan». Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, o‘zlarinikini ma’qullayveradi, ularning barini e’tiborsiz qoldirib, haq dinga yuzlan, degan ma’no kelib chiqadi.
«(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir». Ya’ni insonlarning asl tabiati turli-tuman dinlarga emas, Islomga yuzlanishdir. Alloh ularni ana shu asl tabiat ila yaratgan. Alloh odamlarning asl tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa insonning asl tabiatiga zid bo‘lib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo bo‘ladi. Bu din asl tabiatidan uzoqlashgan odamlarni asl tabiatiga qaytaradi.
«Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas». Ya’ni asl tabiatni o‘zgartirishga urinish o‘rinsiz chiranish bo‘ladi.
«Ushbu to‘g‘ri dindir».Islom eng to‘g‘ri dindir. Undan boshqa dinga e’tiqod etgan kishi noto‘g‘ri yo‘lda yurgan bo‘ladi.
«Lekin odamlarning ko‘pi bilmaslar». Shuning uchun ham ilmsiz ravishda havoyi nafs¬lariga ergashib, turli dinlarga kiradilar. Ushbu oyatdagi xitob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan bo‘lsa ham, barcha mo‘minlar ko‘zda tutilgan. Shu sababli keyingi oyatda xitob umumlashadi. Ushbu hadisdan quyidagicha foydalar olamiz: 1. Tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan tug‘ilishi. 2. Ota-onaning tarbiyasi bolaning diniga asos bo‘lishi. 3. Alloh taolo bandani hech qaysi dinda bo‘lishiga majbur qilmasligi. 4. Ma’naviy narsalarni tushuntirish uchun hissiy misollar keltirish foydali ekanligi. 5. Hadislar ma’nosini ta’kidlash uchun Qur’on oyatlarini dalil qilib keltirish ahamiyatli ekanligi. Ushbu hadisda katta hikmat mavjudligini ko‘ramiz. Avvalo, o‘z qilmishiga qazoi qadarni ro‘kach qilish noto‘g‘ri ekanligini tushunib olamiz. Chunki Alloh taolo hammani sof tabiat bilan yaratadi. Ba’zilarni sof tabiatli, ba’zilarni buzuq tabiatli qilib yaratmaydi. O‘sha sof tabiatni saqlab qolishda yoki uni buzib yuborishda insonning ham o‘rni bor. Bu ishda ota-onaning tutadigan o‘rni juda kattadir. Bolaning dinining shakllanishida ota-ona o‘z tarbiyasi bilan muhim o‘rin tutadi. Ota-onaga Alloh tomonidan berilgan ne’matlar ichida eng ulug‘laridan biri farzanddir. O‘sha ne’matning qadriga etish esa uni beruvchi Zot yaratgan sof tabiat ila Allohning dinida yuradigan qilib tarbiyalashdir. Bu ota-onaning burchidir. Har bir musulmon ota-ona shu mas’uliyatni to‘liq tushunishi, ushbu hadisda aytilgan tarbiyaning ahamiyatiga katta e’tibor berishi kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
Bola qanday o‘sib ulg‘aygani, nima eb katta bo‘lganiga e’tibor bermay kelgusida ibodatda va solih amallarda bo‘lishga harakat qilish kerak. Kim Allohdan hidoyat so‘rasa Alloh uni hidoyatsiz qoldirmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush