Hadis va ilm

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Bir kuni masjidda imom domla Alloh taolo ey Muhammad S.A.V agar sizi yaratmaganimda xich narsani yaratmagan bo‘lardim degan ma’noda xadis aytdi. Shunday xadis bormi? 2). Men yaqinda Qur’on o‘qishni boshladim, yodlash engil bo‘lishi uchun maslaxatingizni ayamasangiz xursand bo‘lardim. Alloh taolo sizu biz ojiz bandalaridan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Aynan shu so‘z bilan yo‘q, lekin oyat va hadislarni o‘rganib chiqilganda shu ma’no tushuniladi. 2). Insonni miyasi ikki qismga bo‘linadi. Biri ma’lumotni birdaniga qabul qilib oladigan kichkina idish, ikkinchisi esa ma’lumotlar saqlabnib turadigan katta idish. Qur’on yodlovchi yodlaganini kichik idishda qoldirmay katta idishda saqlaga harakat qilishi kerak. buning uchun avvlo ikki idish ham befoyda narsalardan holi bo‘lish va bir o‘qiganini kitobga qaramasdan takrorlash kerak. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar