Alimentni norozi bo‘lib bersa harom bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Bilamizki aliment puli to‘lash majburiy. Agar er va xotin shariy ajrashgan bo‘lishsa va bola onada qolsa, otani aliment to‘lashiga ariza bersa, buni to‘lashni ota istamasa majburiy undiriladi. Shunday vaziyatlarda otadan majburan undirilgan pul xalol bo‘ladimi? Albatta bu pul bolaning moddiy ehtyoji uchun ishlatiladi. 2. Yana bola 3 yoshiga qadar onaga ham to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment bor. Buni ham berishga bosh tortsa majburiy undirilsa rozi bo‘lib bermasa xalol bo‘ladmi? Eshitishimcha shariy ajrashgandan so‘ng ota bolaga xam xotinga xam moddiy javobgar emas ekan. Rozi bo‘lib to‘lamasa u pul xarom xisoblanar ekan. Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bola otaniki, balog‘atga etgunicha nafaqasi ham uning zimmasiga bo‘ladi. Ayol boshqa erga tegsa bolani undan olinib ayolning onasiga beriladi. U yo‘q bo‘lsa otaning onasiga beriladi. Balog‘atga etgach kim bilan yashashga bolaga ixtiyor beriladi. Ajrashganidan keyin to iddasi chiqqunicha er, xotinga ham nafaqasiga ham javobgar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar