Turmushdan ajrashish

Assalomu alaykum! Bir dugonam oilasidan farzandsizlik tufayli ajrashgan. Qonunan ajrashganiga ham 2 yil bo‘ldi. Eri boshqa bir ayolga uylangan bo‘lsa ham dugonamga shar’iy javobini berishni xohlamayapti. Dugonam “gunoh bo‘ladi” deb turmushga chiqa olmayapti. Bunday vaziyatda dugonam qanday yo‘l tutishi kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qoziga murojaat qilish kerak. Qozi ikki tarafni chaqirib, erni taloq qo‘yishga majbur qiladi, agar er bundan bosh tortsa, o‘rtasidagi nikohni bekor qiladi. Iddasi chiqqach boshqa odamga turmushga chiqishi mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 191 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar