Ayollar sochining namozda holati

Assalomu alaykum! Namozda soch qanday xolatda bo‘lishi kerak? Ya’ni sochni qayirib turmaklash mumkin emasmi? Men shu paytgacha sochimni qayirib o‘rab namozni ado etganman. Bir joyda o‘qib qoldim sochning uzunligi va uchi qayrilmasligi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda ayollar sochini yozib o‘qisin degan gap chiqibdi. Bu noto‘g‘ri gap. Sochni jamlab o‘qish yoki turmaklab olib o‘qish masalasi bu erkaklar namoziga oid. Ayollar masalasi emas. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi: مَرَّ أَبُو رَافِعٍ مَوْلَى النَّبِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَلَى الْحَسَنِ بْنِ عَلِيٍّ عَلَيْهِمَا السَّلَامُ وَهُوَ يُصَلِّي، وَقَدْ غَرَزَ ضَفْرَهُ فِي قَفَاهُ، فَحَلَّهَا أَبُو رَافِعٍ، فَالْتَفَتَ الْحَسَنُ إِلَيْهِ مُغْضَبًا، فَقَالَ: أَقْبِلْ عَلَى صَلَاتِكَ وَلَا تَغْضَبْ، فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ    يَقُولُ: «ذَلِكَ كِفْلُ الشَّيْطَانِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ  «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari Abu Rofe’ namoz o‘qiyotgan Hasan ibn Ali alayhimassalomning yonidan o‘tdi. U (Hasan) soch o‘rimini orqasiga turmaklab olgan edi. Abu Rofe’ echib yuborgan edi, Hasan unga g‘azab bilan qaradi. U bo‘lsa:
«Namozingni o‘qi. Fazab qilma. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Bu shaytonning to‘qimidir», deganlarini eshitganman», dedi».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Inson namoz o‘qiganida, sajda qilganida uning barcha a’zolari, butun vujudi, hatto kiyimlari ham ishtirok etishi kerak. Agar erkak kishi sochini qaytarib turmaklab olsa, o‘sha holatga futur etadi. Shuning uchun bu ish makruh hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar