Nasiya savdo haqida

Assalomu alaykum! Birinchi bor savol yuboryapman, xatolar bo‘lsa oldindan uzr. Men nasiya savdo bilan shug‘ullanaman. Savolim:
1). Nasiyaga mol berayotganimda xaridordan boshiga qancha pul bera olishiga qarab qolgan summaga qarab so‘ngi narxni belgilayman. Masalan 10 so‘mlik molni boshiga 2 so‘m bersa 13 so‘m. Agar 4 bersa 11 so‘m. Albatta u bilan kelishgach.
Shu ishim joizmi?
2). Ba’zida boshiga umuman pul olmay 0 dan nasiyaga beraman. Bunisichi?
3). Molni olmay birovga sotishdan qaytarilganmiz. Ba’zi xolda esa sotuvchi menga tel qilib o‘zining va mening xaqimni xam xisoblab xaridor bilan kelishadi. Men uzoqda bo‘lgan paytim borolmayman va tel orqali mening nomimdan molni chiqaraver deyman va yo‘ldan qaytgach sotuvchiga molni pulini beraman. Buning xukmi qanday? Mening nomimdan chiqaraver deganim men sendan sotib oldimga kiradimi yoki pulini xam nasiyaga chiqarmasdan aval sotuvchiga berishim kerakmi?
4). Sotuvchi bir necha xaridorlar bilan kelishib molni nasiyaga sotadi. Men esa kelganimda nasiyaga chiqargan narsalarini ro‘yxatini ko‘rsatadi. Agar sotuvchiga molini xaqqini bersam o‘sha nasiyaga chiqargan narsalarini meni nomimga yozib qo‘yadi. Ammo bu savdoda men ishtirok etmagan bo‘laman hattoki tel orqali ham. Bu xolat sudxo‘rlikka kirmaydimi? Shunga javob topa olmaganim uchun savol yuboryapman. Molimga xarom aralashishidan xavotirdaman, kimmatli vaqtlaringizni olganim uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qiymatini berish kunini va ulardan bittasini tayin qilsangiz joiz. 2). Joiz. 3). Siz sotib olgan hisoblanmaysiz. 4). Joiz emas. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 220 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar