Zakot masalasi bo‘yicha savol

Assalamu alaykum! O‘tgan yili men oilam uchun bo‘lib to‘lash sharti bilan yangi uy sotib olgandim va sizlardan olgan javobga binoan o‘sha uy xisobidan zakot bergandim. Bu yil shu uyni to‘liq sotib olib, remont qilib shu yaqin kunlarda ko‘chib o‘tish rejasidamiz InshaAlloh. Eski uyimizni esa bir yaxshi oila chiqsa ijaraga bermoqchiman. Zakot berishda yangi uyni xisobga olamanmi yoki eskisinimi? Va xar ikki xolatda qaysi narx xisobga olinadi sotib olgan narxmi yoki remont qilingan xozirgi kundigi narxmi? 2). Alxamdullilax men yaqin yangi mashina xam sotib oldim (1 oy oldin) eski mashinamni esa ayolimga berdim. Yangi mashinadan zakot beramanmi? 3). O‘tgan yili men onam bilan yashaydigan kichik ukamga zakot bergandim, u payt u ishsiz edi, unda xam sizlardan olgan javobga binoan, “ukangizga bersangiz joiz ammo 2000 dollardan oshib ketmasin” deb yozgandingiz. Shu ukam ishga kirdi va 3,5 million so‘m oylik olyapti, boshqa qo‘shimcha daromadi yo‘q, ayoli xam uy bekasi. Bu yil xam shu ukamga zakot bersam bo‘ladimi? Mumkin bo‘lsa qanaqa miqdorda berganim ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ikkisini ham hisobga olmaysiz. Ammo uydan boshqa pulingiz yo‘q bo‘lgan taqdirda ham qurbonlik qilish zimmangizga vojib bo‘ladi.2). Bermaysiz. 3). Nisob egasi bo‘lmaydigan miqdorda berasiz. Onangizga alohida mablag‘ ajrating. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar