Onlayn shopping

Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki men online shopping do‘konlaridan buyurtmalar qilib turaman. Bazida buyurtmalar belgilangan muddatda kelmay qoladi va men o‘z pullarimni qaytarib olishga ariza beraman. Ular esa pullarimni qaytarib berishadi va yana ma’lum vaqtdan keyin buyurtmalar kelib qoladi, so‘ng men ularga buyurtmalar kelganligi haqida xabar beraman ular esa javob yozishmaydi va pullarini qaytarib olishmaydi. Men bu pullarni nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Pullarni qaytarib berishingiz shart. Sizga o‘zlari rozi bo‘lib kechsalargina halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar