Do‘zaxdagi engil azob

Assalomu alaykum! Do‘zahdagi eng engil azobni eshitgandim. Unga ko‘ra inson bir qaynoq tosh ustida turarkanda, toshning haroratidan o‘sha odamning miyasi qaynab ketarkan va "Eng og‘ir azob meniki" deb o‘ylar ekan. Rostmi shu gap?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahihul Buxoriyda quyidagicha keladi: سَمِعْتُ النُّعْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّ أَهْوَنَ أَهْلِ النَّارِ عَذَابًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَرَجُلٌ تُوضَعُ فِي أَخْمَصِ قَدَمَيْهِ جَمْرَةٌ يَغْلِي مِنْهَا دِمَاغُهُ Nu’mon roziyallohu anhu aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni do‘zax ahlining eng azobi engili – oyog‘ining tagiga cho‘g‘ qo‘yilib, undan miyasi qaynab turadigan kishidir», deyayotganlarini eshitdim». عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّ أَهْوَنَ أَهْلِ النَّارِ عَذَابًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ رَجُلٌ عَلَى أَخْمَصِ قَدَمَيْهِ جَمْرَتَانِ يَغْلِي مِنْهُمَا دِمَاغُهُ، كَمَا يَغْلِي الْمِرْجَلُ وَالْقُمْقُمُ  Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhu dedi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni do‘zax ahlining eng azobi engili – oyog‘ining tagiga ikkita cho‘g‘ qo‘yilib, undan miyasi qozon va qumg‘on qaynagandek qaynaydigan kishidir», deyayotganlarini eshitdim». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar