Gap poylash
Assalomu alaykum! Eshik ortida gap poylashning gunohi qanday bo‘ladi? Avvaldan rahmat e’tibor uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Buni josuslik deyiladi. Alloh taolo “Hujurot” surasi 12-oyatida «Josuslik qilmanglar», – deb bu qabih ishdan qaytargan. Odatda, birovga yomonlik etkazish niyatida ayblarini va zaif joylarini, o‘ziga bildirmay, yashirincha izlashga «josuslik» deyiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odatlardan pok bo‘lmog‘i zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lmish insonning karomati, hurmati, izzati va obro‘sini himoya qilish masalasiga chambarchas bog‘liqdir. Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini e’tirof etadi, ularning hech bir holda poymol bo‘lmasligining chorasini ko‘radi. Islom jamiyatida insonlarning jonlari, molu mulklari, uy-joylari omonlikda, sir-asrorlariyu yashirin narsalari bexatar bo‘lishi zarur. Hatto jinoyatning oldini olish bahonasi bilan ham odamlarning ortidan josuslik qilishga ijozat yo‘q. Hukm ochiq-oydin ko‘rinib turgan ishga qarab chiqariladi. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yo‘q.
Badgumonlik josuslikka yo‘l ochishini aytib o‘tgan edik. Endi josuslik g‘iybatga yo‘l ochishini aytmoqchimiz. Shuning uchun ham oyati karimada «josuslik qilmang» degan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ تَحَلَّمَ بِحُلُمٍ لَمْ يَرَهُ، كُلِّفَ أَنْ يَعْقِدَ بَيْنَ شَعِيرَتَيْنِ، وَلَنْ يَفْعَلَ، وَمَنِ اسْتَمَعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ أَوْ يَفِرُّونَ مِنْهُ، صُبَّ فِي أُذُنِهِ الْآنُكُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ صَوَّرَ صُورَةً، عُذِّبِ وَكُلِّفَ أَنْ يَنْفُخَ فِيهَا، وَلَيْسَ بِنَافِخٍ». قَالَ سُفْيَانُ: وَصَلَهُ لَنَا أَيُّوبُ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim desa, unga ikkita qilni bir-biriga bog‘lash yuklatiladi, u esa buni zinhor qila olmaydi. Kim odamlarning gapiga ular istamagan [yoki «undan qochayotganlari»] holda quloq tutsa, qiyomat kuni qulog‘iga qalay quyiladi. Kim surat chizsa, azoblanadi va o‘shanga jon kiritish yuklatiladi. U esa jon kirita olmaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 230 | Ta’lim va muta’allim