Taksilar narxini oshirib olsa
Assalomu alaykum! Ismim Abduhakim. Men xar kuni qishloqdan shaxarga qatnab ishlayman. Shaxarga qatnash uchun Damasda yoki engil mashinada (taksi)larda qatnashga to‘g‘ri keladi. Lekin bazida AGQSh da ya’ni Metanda navbat bo‘lib qolsa damaschilar va taksichilar birgalikda kelishib narxini ko‘tarib olyapdi. Nimaga ko‘tarib oldilaring desak metan navbat 3-4 soatda quyib kelyapmiz, oson bo‘lmayapti deyishyapti. Axir biz yo‘lovchilar xam engil pul topayotganimiz yo‘qku. Savolimni asosiy mohiyati shundan iboratki damaschilar yoki taksichilar shunaqa metanda ozgina navbat kutib biroz qiynalib, narxini kelishib oshirib olishsa, shundan topayotgan foydasi halolmi? Yana bir narsa metan narxi 150-200 so‘m oshsa yo‘l kirani narxini 1000 so‘m oshirib olishadi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqhda muztar, ya’ni nochor insonning molini arzonga sotib olish makruh deyilgan. Ya’ni nochor va majbur sotayotgani uchun bozordagi narxdan ko‘ra pastga urib arzonga sotib olish makruh. Ularni ishi ham shunga o‘xshaydi. Xalqning nochorligiga qarab xohlagan narxini belgilab olishi makruhdir. Odatda makruh so‘zidan haromga yaqin makruh tushinilgan. Inson bu dunyoga imkon qadar yaxshilik qilib, topgan molini ham yaxshi yo‘llarga sarflab Alloh taoloning roziligini topishga harakat qiladi. Norozi qilib topgan pulini Alloh yo‘liga sarflasa qabul bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 180 | Dolzarb savollar