Yana jum’a namozi haqida

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari.Men musofir yurtdaman. Zavodning temir eritiladigan joydia ishlayman. Tashlab ketib, ruxsat so‘rab bo‘lmaydi. Shu holatda jum‘a namoziga bora olmayapman. Masjid taxminan 8-10 kilometr. avtobusda borib-qaytib kelishga 2 soat ketadi. Taksi yo‘q. Hazrat, agar shu holatda menga jum‘aga bormaslik uzrli bo‘lmasa, har qanday holatda boraman. Borishim kerakmi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hozircha ishlab turish bilan birga jumaga borish echimini topishga harakat qiling. Kelishuv bo‘ladimi. Dam olishni juma kuniga ko‘chirasizmi yoki birovdan o‘rningizga vaqtincha ishlab turishni so‘raysizmi yoxud boshqa bir narsa o‘ylab topsimi. O‘limdan boshqasining chorasi bor.

5 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar