Va’dani o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Kollejga o‘qib yurgan paytlarim Onam oilada umumiy foydalanishmiz uchun ko‘proq meni o‘ylab bo‘lsa kerak kompyuter olib berganlar. Oradan bir necha yil o‘tib jiyanim aqlini tanib boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan paytlari edi adashmas mendan qachon shu kompyuterizzi manga sovg‘a qilasiz deb so‘raganda men unga, yangi noutbok sotib olay keyn deb aytgan edim. Bunga ancha yil (6 yil balki undan ko‘p) bo‘ldi. Yaqinda yangi noutbok sotib oldim va jiyanimga, bu kompyuter aslida mani mulkim emasligini va oldin ilmsizlik bilan aytganligimni tushuntirdim. Hozirda bu eski 11 yillik kompyuter o‘rniga agar Qur’ondan 1 pora yod olsang 1mln beraman deb va’da berdim. Iltimos holat yuzasidan yo‘l yo‘riq ko‘rsatsangizlar. 2). Jiyanimni Qur’onga ishtiyoqi pastroq, mabodo agar man vafot etib ketganimdan keyin qachonlardir yodlasa unda bo‘ynimda 1mln qarz bo‘lib qolib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Onangizdan so‘rang. 2). Vafot etganingizdan keyin qolmaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar