G‘usl, poklash
Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan xayrli ishlaringizdan rozi bo‘lsin. 1) Bilamizki g‘uslda 3 farz bor, og‘izni chayish, burunga achishgunga qadar suv tortish va butun badanni yuvish. Savolim shuki, mana shu yuvishda badanni ishqalash shartmi yoki ishqalamay turib hamma eriga suv etsakazsa kifoyami? 2). Va 3 marotabadan og‘iz-burun chayiladimi yoki bir marta? Undan keyingilari sunnat bo‘ladimi? 3). Uzr xijolatli savol, ammo bilishim zarur bo‘lgani uchun beryapman. Gilam, palos va shu kabi narsalarga beixtiyor maniy tegsa, yo tomsa, ularni artish bilan kifoyalansa pok bo‘ladimi yoki yuvish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Burunni achishguncha emas, yumshog‘idan qattiq joyigacha suv etkazish kifoya qiladi. Ishqalash shart emas, suv etsa bo‘ldi. Bir martasi farz, uch martasi esa sunnat. 3). Yuvish shart. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 157 | Tahorat