hashr surasidan

Assalomu alaykum Shayx hazrlatlari!Ustoz bir oyatni tafsirini bilishda yordam bersangiz iltimos.Allohga shukur imkonimimiz boricha hozirdaa faqat shu quron.uz dagi manolar tarjimasidan foydalanib turibmiz,qulimizga tafsir kitoblari yoqligi uchun.Shu oyatni tafsirini kengroq bilsam degan edim,Alloh yulida yordam bersangiz iltimos.Oldindan katta raxmat!21لَوْ أَنزَلْنَا هَذَا الْقُرْآنَ عَلَى جَبَلٍ لَّرَأَيْتَهُ خَاشِعاً مُّتَصَدِّعاً مِّنْ خَشْيَةِ اللَّهِ وَتِلْكَ الْأَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ21 . Agar ushbu Qu’onni tog‘ga tushirganimizda edi, uning Allohdan qo‘rqqanidan titrab-qaqshab va parchalanib ketganini ko‘rar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki ular fikr yuritsalar.Ustoz ilmsizlik qilib yoki beodoblik qilayotgan bulsam uzr surayman.Alloh sizlardan rozi bulsin shu islom.uzdagi "Ray bilan tafsir qilishdan hazir bulish"maqolasini uqib,har qanday tafsirni sizdan surab bilay degandim Alloh taolo sizga tani sihatlik,kuch quvvat,ulkan ajrlar ato qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar ushbu Qur’onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qo‘rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko‘rar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.Ushbu oyati karima Qur’oni Karimning ulug‘ligini, uni tinglagan, o‘qigan, uning ta’limotlari ila tanishgan shaxsning qalbi albatta yumshashi lozimligini ta’kidlaydi. Bu haqiqat siz bilan bizga yanada tushunarliroq, ko‘z o‘ngimizda yanada yaqqol namoyon bo‘lishi uchun Alloh taolo tog‘ni misol keltiradi. «Agar ushbu Qur’onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qo‘rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko‘rar eding.»Ko‘z o‘ngimizda, ongimizda tog‘ dunyodagi eng salobatli, mustahkam, uncha-munchaga o‘zgarmaydigan narsa. Mana shu tog‘ning aqli bo‘lsa-yu, unga Qur’on oyatlari tushirilsa, so‘zlarning ulug‘ligidan, ulardagi olamshumul ma’nolardan qo‘rqib, parchalanib ketishi ta’kidlanyapti. Demak, Qur’oni Karimni eshitgan, uning chaqirig‘i qulog‘iga etgan bo‘lsa ham, qur’oniy yo‘lga tushmagan kishilarning qalbi tog‘u toshlardan ham qattiq ekan. Tosh qalbli kishidan esa hech qachon yaxshilik chiqmaydi.«Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.»

5 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar