Xurmat yuzasidan
Bir kishini uyida exsonda utiribmiz.Odatta utirgan xonani "tur"idan(oldini) boshlab tuldirib utiriladi.Keyinrok kelgan kishi davomida utiraveradi.Kup xollarda ba’zi kishilar kech kelishadi va xonani kelgan joyidan tuldirib utiradi.Agar usha kech kelgan kishi kori yoki ilmli kishi bulsa,xamma urnidan turib u kishini oldinga(turga)utin-uting deb aytishadi. Shu mulozamat odob yuzasidan tugrimi yoki xamma katori davomida utirishlari kerakmi? Umuman shunday paytda xamma turishi kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savolni odatda bemazhablar berishadi. Chunki ular mulla va qorilarni o‘zlarining dushmani deb bilishadi. Abu Umoma al-Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki kishi zikr qilindi: biri obid, boshqasi olim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Olimning obiddan afzalligi xuddi mening sizning eng kichigingizdan afzalligimga o‘xshaydi», dedilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh, Uning farishtalari, osmonlaru erning ahli, hattoki, uyasidagi chumoli va baliq ham odamlarga yaxshilikni o‘rgatuvchiga salovot aytadilar», dedilar».Sharh: Sahobai kiromlar tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki kishi – olim va obid zikr qilindi va ularning qaysi biri afzal ekanligi haqida so‘raldi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Olimning obiddan afzalligi xuddi mening sizning eng kichigingizdan afzalligimga o‘xshaydi», dedilar. Sahobalik katta baxt, hatto eng kichik saho-ba bo‘lib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning suhbatlarini topish ham cheksiz saodat. Shuningdek, obid bo‘lishlik ham yaxshi narsa. Ammo obidni olim bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Olimlik darajasi juda ham ustundir. Olim bilan obidning orasidagi farq xuddi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan eng kichik sahobaning orasidagi farqqa o‘xshaydi. Bu farqni to‘la tasavvur etish uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zoti muboraklari naqadar oliy ekanligini anglab etishimiz kerak bo‘ladi. U zot odam bolasining eng ulug‘i, Alloh payg‘ambarlarining eng afzalidirlar. Oddiy insonlar ichida eng afzal insonlar sahobalar bo‘lib, ularning ichida katta sahobalar, katta sahobalar ichida esa to‘rt xalifa eng afzal bo‘lsalar, ularning hammalari to‘plangandagi fazllari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning fazllari oldida hech narsa bo‘lmay qoladi. Endi shu taqqosni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan eng kichik sahobiy o‘rtasida qilib ko‘raylik. Oradagi farq qandoqligini shundan bilib olaversak bo‘ladi. Islom nazarida olim bilan obid orasidagi farq shuncha bo‘lsa, endi olim bilan oddiy odam o‘rtasidagi farqni bilib olavering.Shuning uchun ham o‘shandoq fazlga ega bo‘lishni xohlagan kishi diniy ilmlarni egallab, olim bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Diniy ilmlarni egallagan musulmon olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari ekanligi avval o‘rgangan hadislarimizning birida aytib o‘tilgan edi. Endi esa, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam eng kichik sahobiydan qanchalik afzal bo‘lsalar diniy ilmlar olimining obid kishilardan shunchalar afzal ekanliklari bayon qilinmoqda. Bunda esa diniy ilmlarni o‘rganishga katta targ‘ib bor. Chunki har bir jamiyatgina emas, balki butun insoniyat islomiy ilmlarni yaxshi bilgan olimlarga juda ham muhtoj. Allohning kalomini, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini, shariatimiz ta’limotlarini kishilarga etkazishda ana o‘sha olimlar zarurdirlar. Insoniyatga Islom hidoyatini tanishtirish, musulmonlarga shariat ahkomlarini bayon qilish, halolni haromdan, gunohni savobdan, yaxshini yomondan ajratish yo‘llarini ko‘rsatish uchun musulmon ulamolar kerakdir.Shuning uchun ham ularni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam merosxo‘rlari, ummatimizning gultojlari, deb qaraladi. Ularni cheksiz hurmat qilinadi. Islomda haqiqiy diniy ilmlar ulamolari qanchalik taqdirlanishlarini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadis davomidagi so‘zlaridan ham bilib olsak bo‘ladi: «Albatta, Alloh, Uning farishtalari, osmonlaru erning ahli, hattoki, uyasidagi chumoli va baliq ham odamlarga yaxshilikni o‘rgatuvchiga salovot aytadilar».Salovot aytish Alloh taolo tomonidan bo‘lganda U zotning bandaga ko‘rsatadigan rahmatini ifoda qiladi. Salovot osmonlar ahli, ya’ni, farishtalar tomonidan bo‘lganida esa, ularning bandaga istig‘for aytishini ifoda qiladi. Salovot aytish er ahli, ya’ni, odamlar tomonidan bo‘lganda esa, ularning duo qilishlarini ifoda etadi. Odamlarga yaxshilikni o‘rgatuvchilar musulmon ulamolardir. Chunki Islom nuqtai nazarida yaxshilik Islom shariati yaxshi, deb aytgan narsalardir. U narsalar nima ekanini ulamolar biladilar va odamlarga o‘rgatadilar. Ulamolar o‘z darslari, va’z-nasihatlari, ilmiy suhbatlari bilan, yozgan kitoblari va hozirgi zamonda matbuot va axborot vositalari orqali tarqatgan maqolalari bilan odamlarga Allohning dinini – ayni yaxshilikni o‘rgatadilar. Ana shunday ishni ixlos bilan, Allohning roziligi uchungina ado etadigan haqiqiy ulamolarga:1. Avvalo, Alloh taolo salovot aytadi, ya’ni, ularga rahmat nazari bilan qaraydi.2. So‘ngra osmonlarning ahli, ya’ni, farishtalar va yana osmonda bo‘lishi mumkin zotlar salovot-istig‘for aytadi.3. Erning ahllari, ya’ni, odamlar va jinlar ham o‘sha ulamolarga odamlarga yaxshilikni o‘rgatganlari uchun duo qilib turadilar.4. Erdagi boshqa jonzotlar ham, hattoki, uyasidagi chumoli va suvdagi baliqlar ham odamlarga yaxshilikni o‘rgatuvchi kishilarga salovot aytib turadilar.Bu narsalar haqiqiy muxlis ulamolar Islomda qandoq taqdirlanishlarini yana bir bor namoyon qilmoqda. Kezi kelganda eslatib o‘tish joiz bo‘lgan bir narsa bor. Hamma yaxshiliklar suiiste’mol qilinganidek, ulamolik sharafi ham ba’zi kishilar tomonidan suiiste’mol qilinadi. Ba’zi odamlar musulmonlar tomonidan ulamolarga ko‘rsatiladigan ehtiromni ko‘zlab, o‘zlarini ulamo qilib ko‘rsatib yuradilar. Aslida esa, ular haqiqiy ulamo bo‘lmaydilar, ba’zilari bilganlariga amal ham qilmaydi. Albatta, bunday kishilar mazkur madh va va’dalardan mustasnodirlar. Dunyo uchun, riyo uchun, shuhrat uchun o‘zini olim ko‘rsatgan, ilmiga amal qilmagan kishilarning holi qandoq bo‘lishi boshqa hadislarda bayon qilingan.Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:1. Olim bilan obidning orasidagi farqni va shunga o‘xshash narsalarni so‘rash mumkinligi.2. Olimning obiddan fazli xuddi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning eng kichik sahobiydan afzalliklariga o‘xshashi.3. Alloh taoloning odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchiga rahmat nazari bilan qarashi.4. Osmonlardagi zotlar ulamolar haqqiga istig‘for aytib turishlari.5. Erdagi zotlar ulamolar haqqiga duo qilib turishlari.6. Hattoki uyasidagi chumoli va suvdagi baliq ham ulamolar haqqiga duo qilib turishlari.Ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilish uchun olim bo‘lishga urinish, olimning obiddan fazli qanchalar ko‘p ekanini tushunish kerak. Olimlar esa, o‘z ismlariga yarasha ixlos bilan Allohning yo‘lida kishilarga yaxshilikni o‘rgatishlari zarur. Musulmonlar esa, haqiqiy olimga Alloh tarafidan, osmonlar ahli tarafidan, er ahli tarafidan, hattoki, uyasidagi chumoli va suvdagi baliq ham salovot aytishidan ibratlanib, ulamolarning haqlariga duo qilishlari, ularni izzat-ikrom etishlari lozim. Musulmonman, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatidanman, degan kishi U zotning hadislariga amal qilishi kerak. Payg‘ambarimizning hadisi esa, ulamolarni hurmat qilishni buyurmoqda. Bu narsa bir vaqtning o‘zida ulamolarni behurmat qilmaslik ma’nosini ham anglatadi. Islom dinida haqiqiy ulamolarni behurmat qilishlik – odamlarga yaxshilik o‘rgatuvchini behurmat qilish, payg‘ambarlar merosxo‘rlarini, Allohning rahmat nazariga sazovor kishilarni, osmondagi va erdagi zotlar barchasining salovotiga sazovor zotlarni behurmat qilish bo‘ladi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining boshqa bir hadislarida «Kim kichigimizni izzat qilmasa, kattamizni ulug‘lamasa va ulamolarimizni ehtirom qilmasa, bizdan emasdir», deganlar.
5 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya