Qurbonlik o‘tkazish borasida

Assalomu alaykum! Qurbonlik qilish tartibi to‘g‘irisida to‘liq o‘rganib chiqdim. O‘rganganlarimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, bo‘ynida moliyaviy qarzi bor odam uchun qurbonlik qilish makrux ekan. Meni xozirgi kundagi asosiy faoliyatim chorva bilan. Yaqinda (bundan uch oy oldin) 100 million so‘m mablag‘ sarflab 60 boshdan ziyod qo‘y sotib oldim. Yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larning 50 million so‘mi shaxsiy mablag‘larim hisobidan, qolgan qismi qonuniy bank tomonidan berilgan kredit bilan qoplandi. Ha aslini olganda men bankdan 50 million qarzdorman va u pulni qaytarib berishga ulgurganim yo‘q. Endi savol? Men qarzdorligim uchun qurbonlik qilishim joiz emasmi? Yoki kredit mablag‘lari qarz deyilmaydimi? Kredit xarom ekanligini bilaman xozir gap bu haqida emas meni qurbonlik qilishim makruxmi? Yoki bunday holatda qurbonlik qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik qilishingiz vojib. U zot ta’qiqlagan ishni qilib bu dunyoda baraka topib bo‘lmaydi. Oxiratda esa azob kutadi. Tavba qiling va tezroq o‘sha kreditni yopib yuboring. Boshqa bu ishga qo‘l urmang. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 21:17 | Savol-javoblar | 0 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar