Istig‘for yoki tasbehlar ma’nosi

Assalomu alaykum! Men har kuni 100 marta subhanollohi va bihamdihi, 100 marta istig‘for ( "astag‘firullohal adzim va atubu ilayh" "astag‘firullohallaziy la ilaha illa xuvval hayyul qoyyum va utubu ilayhi" " La ilaha illa anta subhanaka va inniy kuntu minazzolimiyn" har birini-33 martadan) va 100 marta salovat ( "Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad", "Allohumma solli va sallim va baarik alayh’’, " Allohumma solli va sallim va baarik a’la sayyidina va nabiyinna Muhammad va a’la olihi va ashobihi ajma’in" 33 martadan) va "Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiyn" va shu kabilarni aytib yuraman. Bularni ko‘pini shu "zikr ahlidan so‘rang" kanalidan o‘rganib olganman va ma’nosi ham bilaman ba’zilarini aniq ma’nosini bilmayman. Aniq Ma’nosini bilmaganlarimni aytsam ham qabul bo‘ladimi yoki ma’nosini bilib har bir aytganimda hayolimdan o‘tkazib turishligim kerakmi? Masalan hamma ham insonku aytayotganimda beixtiyor hayol qochsa qabul bo‘lmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshi qilayapsiz, davom eting. Qolganlarining ma’nosini ham in shaa Alloh o‘rganib borasiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar