Hajga oid

Assalomu alaykum!  Alloh hayrli ishlaringizni o‘zi dargohida qabul aylasin.Hurmatli ushbu sayt mamuryati hodimlari sizlarga 2 ta savolim bor edi,yanikim;
1.Meni 2 ta tanish opalarim Korea davlatida davlat tomonidan kantrakt asosida ishlab yurishibdi. Ular o‘sha erdan qonuniy tashkillashtirilgan tashkilot orqali hajga borib kelishsa ham bo‘ladimi? Ularni O‘zbekistonda bittadan farzandlari bor va ularni  turmushlari bo‘lmagan aniqrogi ajrashishgan.
2. Va umuman koreada shartnoma asosida ishlash mobaynida hajga borib ham kelinsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Mahramsiz borishsa gunohkor bo‘lishadi. Haj zimmalaridan soqit bo‘ladi. 2). Qonunga xilof bo‘lmasa va mahram bilan bo‘lsa, bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar