Isrofgarchilikmi?
Assalomu alaykum! Men texnika vositalariga qiziqaman. Shu jumladan telefon va gadjetlarga ham. Yaqinda narxi bir million so‘mdan ortiqroq bo‘lgan quloqchin olmoqchi bo‘lib o‘ylanib qoldim. Bunday qimmat texnika vositalarini olish, ishlatishga ketadigan sarf-xarajatlar isrofgarchilikka kirmaydimi? O‘zim ishlab pul topaman, zakot va ehson amallarini shariatimizda aytilganidek qilib borishga qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ulamolarimiz yashash tarzini to‘rtga bo‘lganlar.
1). Rahoyish – kun kechirsa bo‘ladigan uyli, joyli kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan kifoyalanish, joiz.
2). Osoyish – imkoniyati bo‘lsa yuqorida zikr qilinganlarning har biridagi qulayliklardan foydalanish, joiz.
3). Zeboyish – yuqorida zikr qilinganlarni ko‘rganda ko‘z quvonadigan darajada bo‘lishi, joiz.
4). Namoyish – barchasida faxrni iroda qilish, joiz emas.
Qolaversa, insonga umr va boylik oxiratga zodirohilani ko‘paytirish uchun beriladi. Ularni arzimas, vaqtincha bo‘lib, keyin yo‘q bo‘ladigan narsalarga sarflash aqlli insonning ishi emas. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ أن النبي صلى الله عليه و سلم أمر عائشة أن تذبح شاة فقسمتها بين الجيران وكان أحب الشاة إلى رسول الله [ ص 121 ] صلى الله عليه و سلم الذراع فلما جاء رسول الله صلى الله عليه و سلم قالت عائشة ما بقي عندنا شيء إلا هذا الذراع فقال رسول الله صلى الله عليه و سلم كلها بقي إلا الذراع Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oishaga bir qo‘y so‘yishga buyurdilar. Oisha (uni so‘ydirib) qo‘shnilarga taqsimlab berdi. Qo‘ydan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng suyukli joyi qo‘li bo‘lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarida Oisha: “Huzurimizda qo‘yning shu qo‘lidan boshqa hech narsa qolmadi” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qo‘lidan boshqa hammasi(savobi zaxira bo‘lib) qolibdi” dedilar". Vallohu a’lam!
5 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar